Logix Tadbirlarni boshqarish

Logix Tadbirlarni boshqarish

Logix Tadbirlarni boshqarish moduli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. U ishtirokchilarni boshqarishni qulaylashtiradi, ro‘yxatga olish va tashrifni tekshirish jarayonlarini soddalashtiradi hamda zarur hujjatlarni samarali chop etish imkonini beradi.

Modulning asosiy vazifalari

  • • Ishtirokchilarni ro‘yxatga olishni osonlashtirish
  • • Tashrifni avtomatik tekshirish
  • • Ishtirokchilar uchun hujjatlarni chop etish
  • • Ma’lumotlarga tezkor va qulay kirish imkoniyatini ta’minlash

 

Modul qanday muammolarni hal qiladi?

  • • Ishtirokchilarni ro‘yxatga olishdagi xatoliklar va kechikishlar
  • • Tashrif buyurganlarni tekshirish va ro‘yxatlarni yuritishdagi muammolar
  • • Sertifikat va hujjatlarni chop etishning sustligi va noqulayligi
  • • Ishtirokchilar ma’lumotlarini yuritishdagi shaffoflikning yo‘qligi

Logix Tadbirlarni boshqarish ushbu muammolarni hal qilish orqali tadbirlarni samarali tashkil etish va ishtirokchilarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Logix Tadbirlarni boshqarish modulining imkoniyatlari

✔ Veb-sayt orqali ishtirokchilarni ro‘yxatga olish

Ishtirokchilar tadbirga oson ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin, bu esa tashkilotchilar va ishtirokchilar uchun jarayonni soddalashtiradi.

✔ Tadbirga kirish uchun QR-kod

Ro‘yxatdan o‘tgan har bir ishtirokchiga tadbirga tez va qulay kirish imkonini beruvchi noyob QR-kod yuboriladi.

✔ Ishtirokchilar uchun badjlarni chop etish

Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarning ro‘yxati asosida ularni aniqlash uchun maxsus badjlar chop etiladi.

✔ QR-kod skaneri orqali ishtirokchilarni tekshirish

Tadbir davomida ishtirokchilar QR-kod skaneri yordamida tezkor tekshiriladi va ro‘yxat avtomatik ravishda yangilanadi.

✔ Ishtirokchilar uchun sertifikatlarni chop etish

Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar chop etilib taqdim etiladi.

Agar siz tadbirlarni tashkil etish va boshqarish jarayonini takomillashtirmoqchi bo‘lsangiz, Logix Tadbirlarni boshqarish – bu sizning ishonchli yechingiz!